Aziza Qobilova - Og’riydi yurak
Sen emasmi qanchalar yuragingni parchalab, tinmay meni qizg'ongan?
Senmasmi goh ertalab, gohida tun kechalab
Sog'indim" deb uyg'ontagan?
Orzuda yashar edik, dunyo qadar sevardik, baxtimga ishonibman.
Sen tubdan o'zgarganing, sevgimizni ko'mganing,
Afsus, sezmay qolibman.
Naqadar yurak sog'inib seni sinib bo'ldi, bilmasang kerak?
Sezmasang kerak?
Ko'zyoshdan bo'lak barchasi so'nib tugab bo'ldi, kelmaysan so'rab,
Og'riydi yurak.
Naqadar oson sevgimni butkul qilib yakson?
Yurasan shodon, kulasan shodon.
"Hammasi tamom" deyman-u, lekin unutishga topmayman imkon,
Yo'q bunga imkon.