Meni yomon ko'rishadi hammalari
Xolalari, tog'alari-yu ammalari
Deyisharkan kambag'aldan yurgin nari
Kambag'alda yurak yo'qmi sevadigan?
Deyisharkan kambag'aldan yurgin nari
Kambag'alda yurak yo'qmi sevadigan?
Bu dunyoda puling bo'lsa dosting ko'pdur
Yulduzlarga yetar mening qo'lim yo'qdur
U bo'lsa bas ko'nglum to'qdur, qalbim toqdur
Kambagalda yurak yoqmi sevadigan?
Sen bolsang bas ko'nglim to'qdur, qalbim toqdur
Kambagalda yurak yoqmi sevadigan?
Erta-yu kech tergayarmish yangalari
Unda yo'q deb o'zbek, qozoq tangalari
Qaltirayman qishning sovuq chillasida
Kambag'alda yurak yo'q sevadigan
Boylikka o'ch bolganida nima mani
Tillolarga teng bo'ldimi yigit sha'ni
Qaddi osmon boyning qizi ayting qani
Kambag'alda yurak yo'qmi sevadigan?
To'yi kuni taklifnoma tashlab ketdi
"Sevaman" — deb ko'zlarimni yoshlab ketdi
"To'xtang" — desam dugonasi olib ketdi
Kambagalda yurak yoqmi sevadigan?
Meni yomon ko'rishadi hammalari
Xolalari, tog'alari-yu ammalari