Jaloliddin Ahmadaliyev - O'zingizni ehtiyot qiling
Azizlarim mehribonlarim
Do'stu yorim qadirdonlarim
Joningizga kuyar jonlarim
O'zingizni ehtiyot qiling
Tirikchilik deb chopkan otalar
Ro'zg'orim deb shoshgan onalar
Joningizga kuymas bolalar
O'zingizni ehtiyot qiling
Tarang tarang tortilar asab
Yemirarkan insoni g'azab
Qon tomirlar muncha mort
Yorim O'zingizni ehtiyot qiling
O'ngtomonda joylashsa yurak
Bo'lmasmidi shunchalar hurkak
E chiqsa chiqar guruchdan kurmak
O'zingizni ehtiyot qiling
O'zingizni ehtiyot qiling
Tortishuvda bir so'zdan qolib
Nohush gapni hazilga olib
Dil ozorni hudoga solib
O'zingizni ehtiyot qiling
Ey do'st har ne kasbi koringiz
Hamroh sizga tashvish zoringiz
Yoningizda yursin doringiz
O'zingizni ehtiyot qiling
O'lim yomon dazshatli taqdir
Ammo do'zax oldida baxtdur
Asli o'sha olovdan hozir
O'zingizni ehtiyot qiling
Eng avvalo no shukur bo'lmang
Johil bilan ham fikir bo'lmang
Be ibodat bezikir bo'lmang
Ee O'zingizni ehtiyot qiling
O'zingizni ehtiyot qiling
Haqingizni bermasa baxil
Ko'rgislar zulmu qahir
Hisob kuni kelarku ahir
O'zingizni ehtiyot qiling