» » Farrux Raimov - Hammasini taniyman
Слушать
Скачать
Скачать песню Farrux Raimov - Hammasini taniyman в качестве 320 kbps и длительностью mp3 03:07 или слушать онлайн бесплатно.

Farrux Raimov - Hammasini taniyman

  • Качество: 320 kbps
  • Длительность: 03:07
  • Размер: 7.12
  • Дата релиза: 02.12.2023
  • Артист: Farrux Raimov
Текст песни
Tuzim yeb tupirgani
Pul topib qutirgani
Ortimdan gapirgani
Hammasini taniyman

It hurar o'tar karvon
Goh qolar dilda armon
Kim yaxshiyu kim yomon
Hammasini taniyman

Ko'zim yo'gin yalagan
Bor budumni talagan
G'iybatimga yaragan
Hammasini taniyman

Biri do'st biri oshna
Bari qonimga tashna
Til boshqa dili boshqa
Hammasini taniyman

Chiqib to'rlardan to'rga
Aylanib zamon zo'rga
Begona bo'lsa ham go'rga
Hammasini taniyman

Zahri achiq chayonlar
Bari ko'zdan ayonlar
Qo'ynimdagi ilonlar
Hammasini taniyman

Aqli dunyo bilan band
Har qadamda berar pand
Qo'lda pichoq tilda qand
Hammasini taniyman

O'zingniki o'zingni
O'yib ketar ko'zingni
Yegan nonu tuzumni
Hammasini taniyman

Dunyo asli omonat
Kelgunicha qiyomat
Jon bo'ldin salomat
Hammasini taniyman

Dunyo asli omonat
Kelgunicha qiyomat
Jon bo'ldin salomat
Hammasini taniyman
Рекомендуем послушать
По всем вопросам пишите на: [email protected].