» » Abror Do'stov - Go‘zalim bu kecha men bilan qoling
Слушать
Скачать
Скачать песню Abror Do'stov - Go‘zalim bu kecha men bilan qoling в качестве 320 kbps и длительностью mp3 03:42 или слушать онлайн бесплатно.

Abror Do'stov - Go‘zalim bu kecha men bilan qoling

  • Качество: 320 kbps
  • Длительность: 03:42
  • Размер: 8.46
  • Дата релиза: 26.11.2023
  • Артист: Abror Do'stov
Текст песни
Go‘zalim, bu kecha men bilan qoling,
Sevgi sevgiligin qilsin bu kecha.
Sizga to‘yib olay, g‘ururdan toning,
Dunyo dunyoligin bilsin bu kecha.

Go‘zalim, bu kecha men bilan qoling,
Go‘zal tun bizlarni yutib ketadi.
Hammasi maftunkor bo‘lar, ishoning,
Hammasi lahzada o‘tib ketadi.

Go‘zalim, bu kecha men bilan qoling,
Sochingiz ichida adashib qolay,
Sizsiz o‘zimdanam arazlab qoldim,
Qoling, siz bahona yarashib olay.

Go‘zalim, bu kecha men bilan qoling,
Devona qalbimni ko‘zlab qolasiz,
Shunday sehrlayman, shunday chorlayman,
Meni o‘zingiz ham izlab qolasiz.

Go‘zalim, bu kecha men bilan qoling,
Go‘zal qo‘shig‘imni aytib beraman,
Pokiza tongimning og‘ushlaridan
Sizni o‘zingizga qaytib beraman.
По всем вопросам пишите на: [email protected].