Havo yetmayabdi nafas bering deb
O'lgan insonlarni unutma inson
Shundoq ham ajalning o'ljasi sensan
Yostig'ingni o'zing qurutma inson
Qar o'v ichida yonyabdi dunyo
Gul ketib kul bilab qolyabdi dunyo
Ochlikdan madori quruganlarni
Ko'ziga qarolmay qolyabdi dunyo
To'fonlar to'ntardi nimani topsa
Suv bosati qishlog'u shaharlarni
Urush to'xtamagan sho'rlik yurtlardan
Qushlar ham uzdilar qadamlarni