Yigit bo'lib qizlarga gul beribman
Sizga gullarim berganim yo'q onajon
Maqtayvermang odamlarga kop meni
Yaxshi inson bo'lganim yo'q onajon
Aldanib goh sanamlarining makriga
Yetkanim yo'q do'stlarimning qadriga
Yomonligim ko'rinmaydi hech sizga
Yaxshi inson bo'lganim yo'q onajon
Katta bo'lidim mol dunyoni o'ylayman
Borsizu lek sizga parvo qilmayman
Qachon sizga mehir berdim bilmayman
Yaxshi inson bo'lganim yo'q onajon
Yolg'on so'zlar aylanar ko'p tilimda
Yaxshiliklar qilganim yo'q onajon
Bilmaysizda berilganman kibrga
Yaxshi inson bo'lganim yo'q onajon