Sarvinoz Ruziyeva - Bozorchi onam
Yomg'ir yog'sa oyoqlari og'riydi
Qor yog'sa ham oyoqlari og'riydi
Azobiga chidolmayin oh deydi
Ozorlarda qolib ketgan onam bor
Savdo qildi bolam yaxshi yesin deb
Savdo qildi bolam yaxshi kiysin deb
Dadamga ham biroz yordam bo'lsin deb
Bozorlarda qolib ketgan onam bor
Ozorlarda ozorlarda qolib ketgan
Bozorlarda bozorlarda qolib ketgan
G'amim deya tolib ketgan xorib ketgan
Xasta onam bor mening onam bor
Hali u kam hali bu kam deyaverdim
Eskirmayin yangisini kiyaverdim
Obermasa qovog'imni uyaverdim
Kamimdeya xorib ketgan onam bor
O'zi uchun yashamadi birorta kun
Tashvishlar u dard qo'lida bo'ldi tutqun
Yuzlaridan nur yog'ilar qarang bugun
Ikki yuzi nurga to'lgan Onam bor
O'zi uchun yashamadi birorta kun
Tashvishlar u dard qo'lida bo'ldi tutqun
Yuzlaridan nur yog'ilar qarang bugun
Ikki yuzi nurga to'lgan Onam bor
Ozorlarda ozorlarda qolib ketgan
Bozorlarda bozorlarda qolib ketgan
G'amim deya tolib ketgan xorib ketgan
Hasta onam bor mening Onam bor