Baxtiyor G'oziyev - Jon bergan bolam
Bu qanday zamona bila olmasdan
Boshdagi kulfatdan yig'ladi olam
Dunyo lazatiga to'ya olmasdan
Tuproqlar ostida Jon bergan bolam
Sen uchun bu quyosh erta botganday
Go'yoki kulfatlar xanda otganday
Farishta misoli orom topganday Tuproqlar ostida Jon bergan bolam
Hali tug'ulmagan orzung ko'p edi
Mitti yuragingda qayg'u yo'q edi
Hali bu dunyoda ko'ngling to'q edi
Tuproqlar ostida Jon bergan bolam
Bu qiyin sinovga ko'na olmayin
Taqdirga tan berib jon saqlayolmayin
Pana panalarda nafas olamyin
Tuproqlar ostida Jon bergan bolam