KAMIKAZEE - Assalom O’zbekiston
Menga shuni tushuntirib bersangchi
Ey habib, bizga nima bo'ldi?!
Dardga tabib, qalbga xatib
Na so'zda maza, na oshda matra qolmadi
Ana, TVga qara! Qalbaki tantana.
Ura-ura, yugura-yugura hamma o'zi bilan o'zi ovora.
Uyg'onishni istamagan dangasa bu oftob,
Uf tortib, bo'zarib, ufqqa chiqdi shu tob.
Ko'zlaringni ochgin-u, bir kerishganing ham chog',
Shekspirning "teatri"ga hush kelibsan ey o'rtoq.
Bu sahna to'ladir "OSCAR"siz aktyorlarga,
O'z rollarin o'ynab yurgan ul ayyorlarga.
Fikrlarim omixta Raskolnikov [Jinoyat va Jazo] armonlariga,
Qo'limda bolta ketsammi kimga yo'q tomonlarga?!
Chetda qolib aqli rasolar,
Qo'llariga mikrofonni oldi rasvolar.
Ilm borasida ular qildi da'volar,
Mana endi dardimizga yo'qdur davolar.
Bo'ldi, yetar, hey, sekin asta
Og'zim bor ekan deb gapirish emasda.
Fikrlaring xasta, lek dasta-dasta.
To'xta, tamam, halas, yetar, БАСТА!
Ijtimoiy tarmoq — ixtilofiy tarqoq.
Instagram, Telegram, Facebook va Tik-Tok
Qashshoq ham, mashshoq ham,
Hammalari bir bo'lib,
O'z haddini unutgan,
Fikrlari to'p-to'p bo'libdi.
O'z fikringni aytibsanmi chegaradan o'tib,
Ketidan uzr so'rash bugun urf bo'libdi.
Qo'shiqchilar ilmda Imomlardan o'tibdi.
Olim turib kunimiz omilarga qolibdi.
Dir bidirlama birodar darhol, gapirsa bir bor!
Gapirsin Abror Muxtor,
Gapirsin Ali!
"Dil ba Yor-u, dast ba kor" degandi Naqishbandiy valiy,
Kubro, Yassaviy, Buxoriy, Termiziy,
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari
Bas biz uchun kifoya qiladi.
Trollni qo'ying ustoz,
Bas muhabbatdan so'ylang.
Dor ostida kulib turgan Mashrabdan so'ylang.
Muhabbatdan mast bo'lgan pirlardan so'ylang.
Buroq minib arshga uchgan Zotimizdan so'ylang.
Kamerani yonida iymonli perfektsionist.
O'chsa [kamera] agar qilmishidan hijolatda ateist.
"Yarim olma" qarshisida ikkiyuzli artist
Yaratganning ko'rayotganin unutdingmi hargiz?
Pora, tuhmat, g'iybat, illat
Mansabni deb boshda g'urbat.
Xalqning boshi qilgan himmat [6038 sonli Prezident Farmoni]
Hayit kunida bo'ldi ОТКАТ.
Yaxshimi, yomonmi shu sening xalqing.
Shu xalqdan chiqqansan burishmasin afting!
Bechoraning hamyonida neni izlar qo'llaring?
Hayitligini o'g'irlab farzandingni boqdingmi?
Bu dunyoda doim yashashing gumondir,
Qiyomat yaqin ko'rinib qoldi oxir
Xayringni, sharringni bitishdi bir-bir,
Robbingning qarshisida tizzalaring dir-dir.
O'zinga qara!
Nochorni tala!
Nokasga o'shab yeb turib ma'ra!
Sochlaringa tushgan bu oq tola,
Bir kun kelib o'lishingdan nishona!
Dunyo boshingizda qolsin.
Man Mashrabla turdim.
Man sizda ochko'zlik, yuzsizlik ko'rdim.
Rumiyning ridosini ko'zlarimga surib,
"Masnaviy"ga manglayimni urib turib o'ldim