Shoxruxbek Ergashev - Men Jimgina Qolaverdim
Hech kulmadi omadima
Ishqda armon quchaverdim
Ketaverding sen jimgina
Men jimgina qolaverdim
Daydib sevgi sahrosida
Choʻkib hijron daryosida
Zulmat tunlar qarosida
Men jimgina qolaverdim
Sogʻinib yor nozlarini
Oʻshal shirin soʻzlarini
Koʻrib namli koʻzlarini
Men jimgina qolaverdim
Sovchi qoʻysam kulishdida
Kambagʻal deb mensishmadi
Gulim menga berishmadi
Men jimgina qolaverdim
Dilga toʻlib hasrat borin
Tinglashmadi koʻngil zorim
Kelin boʻldi boyga yorim
Men jimgina qolaverdim
Umidimni hech uzmadim
Toshday qotdim muzladim
Essiz toʻying buzolmadim
Men jimgina qolaverdim
Soʻz demoqni foydasi yoʻq
Muhabbat shu qoidasi yoʻq
Dardlarim bor davosi yoʻq
Men jimgina qolaverdim