Seero7 - Odamlar Yovuz
Odamlar yovuz, bir birin aldaydi
Odamlar yovuz, o'lganingda qadrlaydi
Aqlga sig'maydi, pulga nelarni sotmaydi
Hozircha qorong'u, hali beri hech tong otmaydi
Aslida hayvonmiz, Nafsimizga qul
O'zgani yomonlaymiz, harakat qilish tugul
Noliymiz nuqul, bahona zamon ekan
Ichimdagi so'zlarni yozdim, qilib tasavvur
Ortingga pichoq sayarkan yoningdaman degan
Uzoqdan qidirma, siring qaydan bilsin begona
Tish tirnoqlab terganing qadriga yetmas o'zga kimsa
Hato qilish haqiqatdan insonga hos ekan
Obroga qarab ko'rsatildi odamlarda muomala
Ko'rishga ko'zim qolmadi, Juma yoqishar domila
Jigar deganim birodar Pul uchun ketdi sotilib
Ketdi sotila...
Assalom alekum ey do'stlarim
Yurakdan bu so'zlar alangalik
Sevgan yorim, do'stim bo'lsa ham
Holimga achinmas onamchalik
Odamlar yovuz, bir birin aldaydi
Odamlar yovuz, o'lganingda qadrlaydi
Aqlga sig'maydi, pulga nelarni sotmaydi
Hozircha qorong'u, hali beri hech tong otmaydi
Qanchalar zo'r bo'lma, sindiradi hayot
O'zgani ayblaguncha aval yo'lidan yur
Ko'chada yurganingda onangda sanda hayol
- Ertaroq kel bolam. Tonggacha qariydi yo'l
Bu dardlarim tugammas, jonga tegdi hammasi
Ikki yuzlamachilar, Yiroq yuring yoqmasam
Omad kulib boqmasin, bopti mayli roziman
Niyatlarim ko'p hali, bu sinovlar sinovmas
Shaytonga dars berib, to'g'ri yo'l o'rgatishmoqchi
Keremas yordamingiz, yolg'izlik tomonga qochdim
Aldamanglar meni yolg'onlar ko'zlarim ochdi
O'lganimdan keyin, ne keragi bor soxta yosh
Yonimda yurmang agar man yomon bosam
O'lganingda yig'laganlar aslida hursand
Yuzimga boqib aldasa ham jim turganman
Yuragim bezib ketdi yovuz insonlardan
Odamlar yovuz, bir birin aldaydi
Odamlar yovuz, o'lganingda qadrlaydi
Aqlga sig'maydi, pulga nelarni sotmaydi
Hozircha qorong'u, hali beri hech tong otmaydi