Nafasing yetmay qolsa
Dardlaring bitmay qolsa
Kunlaring o’tmay qolsa
Sog’inib kelma
Men yo’q tunlaringda endi
Ko’nik yo’llaringda endi
Uzoq yillaringda endi
Sog’inib kelma
To’qib yozilmagan so’zdan terib yozdim sherimni
Og’risa qanday tuzatay menga ayt bu yerimni
Ko’rmaysanmi xasta holim terga botgan terimni
Taniyolmay bugun men o’zimni ovvoraman o’zimni
Ich ichimdan portlab ketdim
To’lib ketdi savola
G’azab bilan tikilsam
Sinib ketdi piyola
Arzon sotding sevgimiz uyalmay
Lekin men ketdim uyola
O’z holinga tashlab qo’ydim
Vijdoninga havola
Jim indamay kuzatdim
Ishqim senga zavola
Bemor yuragimni o’zim davolay
Sen bor boshqasin davola