Qara bugun ob ketishar meni uyimdan
Olib qochib ket iltmos bugun to'yimdan
Yig'layverib qara ahir yoshim qolmadi
Sevgi uchun kurashdimu lekin bo'lmadi
Kechir gulim keldim bugun to'ying ko'rgani
Undan ko'ra yaxshi edi bugun o'lganim
Faqat suratlaring bo'ldi menda qolgani
Meni o'ylamagin baxtli bo'lsang bo'lgani
Bir umirga begonasan
Endi bag'ring ochmaysanmi
Qo'llarimdan tutib mahkam
Meni olib qochmaysanmi
Bir kun kelib ayrilgani
Sevganmidik ahir qara
O'ldir meni begonaga
Berib yuborgandan ko'ra
Hohlashmadu tushun meni
Ota onang qarshi edi
Shu taqdirga kel jimgina
Ko'nganimiz yaxshi endi
Ado bo'lib bormoqdaman
Menga oson deb o'ylama
Yig'lashinga chidolmayman
Gulim faqat yig'lama
Qol endi hoyollarda
Qol endi orzullarda
Qol mayli armon bo'lib
Ushalmagan orzu bo'lib
Sevgimizni kafani egnimdagi oq libos
So'ngi bor ko'rib olay
To'yimga kel iltmos
Ohirgi bor uzoqdan qilgin meni tomosha
Mayli endi bir umir hayollarimda yasha
Sendan mendan so'rashsa
Telba bo'lib qolgan-de
Oq libosda ko'rib meni
To'yim kuni o'lgan de