ABROBEY – Pul
Dema doʻstim, atrofim aldov,
Hozirgi kun dunyo — savdo.
Negadir odamlar ayyor,
Pul boʻlsa, har narsa tayyor.
Pul turadi munosabatlar,
Pul turadi baxtli soatlar,
Baxt — puldamas, degan ertaklar
Oʻylab topgan bir tiyini yoʻqlar.
Orzular hozirgi zamonda pul,
Zamon sengamas, sen zamonga kul.
Kutma yordam, oʻzingni qur,
Yotma, izlan, yoʻlingni bur.
Loyiqsan sen har doim yaxshisiga,
Goʻzal, asal qizchalar olqishiga.
Ha, sabr, qiyin birinchi bosqichiga,
Chiqamiz biz dunyo choʻqqisiga.
Uzun bu koʻchalar berar uzoq baxt,
Uyqusiz kechalar emas besabab.
Bilasan, choʻldan koʻkarmas daraxt,
Baxillar yonsin “Kim bu?” deb soʻrab.
Odamdan oldin gapiradi karmon,
Oʻzingni aldama, ishon, doʻstim.
Qil harakat, qolib ketmasin armon,
Tushunasan shunda balandin-pastin.
Mayli-mayli…
Chidaymiz, bu kunlar oʻtadi-ketadi,
Azob deb siqilma, rohati qaytadi.
Mayli-mayli…
Chidaymiz, bu kunlar oʻtadi-ketadi,
Azob deb siqilma, rohati qaytadi.
Toʻxtama bir zum qoʻyishdan maqsad,
Iloji yoʻq deb oʻylama,
Sinov senga tik boqsa,
Kun kelib oltinga aylanar.
Oʻylama, kim nima der ekan,
Bilmaydi xohishing oʻzingdayin.
Kerakmas, qoʻy, deyishar ekan,
Reja kamida boʻlsin bundayin:
Dubayda villa, viski, tekilla,
Xizmatda modellar, ah, chocotella.
Uchamiz fazoga, Mars-Venera
Kayfiyat zoʻr, e, makarena.
Скромный BMW, скромный sirena,
Bagaj полный “kal” million наверно.
Qoʻlda Rolex submariner,
Pul pirra, так что sakramela.