Sevishganlar kinosida bunday yakun bo'lmasdi
Oxirida ular nedan axir baxtli bo'lardi
Lekin unda bizlarni taqdir nega ayirdi
Sen mendan ketgansan savollar javobsiz qoldi
Tunlarimda uyqu yo'q yurak bo'ysunmay qo'ydi
Har kun suratinga termulib seni mendan so'rardi
Javob berolmayman qo'limdan kelmaydi
Sen mendan kechgansan yurak buni bilmaydi
Yordam ber... xotiralar azobidan qochishga
Yordam ber.. Sening tabassuming unutishga
Yordam ber.. Bu ko'zlaring unutishga sensizlikka ko'nikishga yordam ber..
Yordam ber.. bu dardlardan halos bo'lay
Jonim Yordam ber.. sog'inch azobidan qutqargin men tomon kel
Cho'kib bormoqdaman azoblar tubiga faqat bu yurak seni der
Sen meni unutgansan, men buni bilaman
Negadir tunda telefon qilishing kutaman
Men aniq bilaman sen qaytmasligingni
Nima qilay yurak tushunmaydi shuni
Har kuni uying oldidan yana o'taman
Har kuni eslashingni soatlab kutaman
Qancha yillik sevgimiz boshqa bo'lmaydimi
Yurakdagi inson endi ortiga qaytmaydimi
Nega ayt kelmading bir bora hol so'rab
Armonlar zuluk kabi tanamdan qon so'rar
To'kildi yerga bari ko'z yoshlarim tomchilab
Sevgimni mavzu qildi shoiru kitobchilar
Qo'lda yana surating kulib tushgan beg'ubor
Yuragimda o'tmishni kel o'zing yuvib yubor
Kel bugun yonimga ko'ray seni so'ngi bor
Yolg'izlik qiyin ekan tuyg'ular bo'ldi uvol
O'ylamay dedim seni o'ylamay bo'lmas
Kechaman dedim sendan kechib ham bo'lmas
Unutishga urundim lekin yurak bo'ysunmas
Sen tanlagan inson axir nega men emas
Yordam ber.. bu dardlardan halos bo'lay
Jonim Yordam ber.. sog'inch azobidan qutqargin men tomon kel
Cho'kib bormoqdaman azoblar tubiga faqat bu yurak seni der
pas ovozda..
Saidam.. mani mehribonim edingku
Saidam. mani beg'uborim edingku
Saidam.. mani bir donam edingku
Saidam.. axir va'da bergan edingku
saidam.. saidam.. nolali