Bir ko'rdim, aqldan ozdim,
Qaydan senda bu tannozlik?
Rom etib qo'yding-ku meni
Bir zumda.
Oshiqlaring lek bisyordir,
Har tilaginga tayyordir.
Menday oddiy bolaga ham
Ber imkon.
Yo'q go'zal senga o'xshash,
Yo'q asal senga o'xshash,
Yo'q hech kim sendayin olam ichra!
Yo'q dema so'zlarimga,
Yo'q, ketma o'zgalarga,
Yo'q go'zal sendayin olam ichra!
Yellar sochlaring silaydi,
Ko'zlaring olov, chaqnaydi.
Qaydan ham uchratdim
Senday parini?
Gap ochsang, men lol, hayrona,
Oldingda o'zim parvona.
Bir umidim – koshki
Meni sevolsang.