Мехрангиз Хамрокулов - Кунгил
Isming hayolimda so'nadi bir kun
Vujudga halovat qo'nadi bir kun
Ismim ayriliqqa ko'nadi bir kun
Ko'ngilni ko'ndirib bo'lmaydi faqat
Boshqacha edi deb eslab gohida
Yashab hijronlarning o'tli ohida
Seni ko'raverar har nigohida
Ko'ngilni ko'ndirib bo'aydi faqat
Ko'rgan ko'zlarimga do'qlar uradi
Mushtdek hovlisida mahzun turadi
Faqat kelishingni hayol suradi
Ko'ngilni ko'ndirib bo'lmaydi faqat