Dard cheksam sezmaydi tanamdan o'zga
Chin do'st topolmadim otamdan o'zga
Boshimni silaydi o'tsa ham yoshim
Onam tirik ekan so'nmas quyoshim
Bolam betob bo'lsa
Chopib keladi
Yo'q yerdan bor qilib topib keladi
G'amlar eshigini yopib keladi
Onam bor tog'dayin mening bardoshim
Ko'zimga termulib umri o'tmoqda
Hayot oqar suvdek oqib ketmoqda
Bilmam meni yana nelar kutmoqda
Onam bor mening tog'dek bardoshim
Ko'zimga termulib umri o'tmoqda
Hayot oqar suvdek oqib ketmoqda
Bilmam meni yana nelar kutmoqda
Onam bor mening tog'dek bardoshim