Nurali Tog'ayev:O'zga yurtda yurgan musofir
Uyim joyim deb ro'zg'orin o'ylab
Sovuqlarda ham jonini qiynab
Havas bilan ular yurgan yo'q o'ynab
O'zga yurtda yurgan musofirlar
Ketgaku ko'p orzu niyatlarida
Risq terib halol mehnatlarida
O'shal begona millatlarida
O'zga yurtda yurgan musofirlar
Duoda tinmay onajonlari
Omon bo'lsin deb tanu jonlari
Qachon kelar deb diydor onlari
O'zga yurtda yurgan musofirlar