Bilaman sen uchun muhabbatim muhimmas
Sen uchun sevgimiz sochlaringdan uzunmas
Ishqimiz azobda yonib ketgan kukunmas
Yurakni qamrab olgan u qopqora tutunmas
Bilaman sen uchun befoyda har bir so'zim
Sevgini dastidan ko'r bo'lib bo'ldi ko'zim
Har kuni aytaman ovutgandayin o'zim
Bo'ldi endi sevmayman shu meni so'ngi so'zim
Savdoi sevdim uni hatto jonimdan kechib
Parvo qilmadim yoki kettida mendan kechib
Talpinganim sari shuncha mendan uzoqlab
Yuraman har kuni suratingni quchoqlab